Mbappe golini VACTERL’ga chalingan qizaloqqa bag‘ishladi
Sport
−
17 yanvar 2022 4597 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 21-turi doirasidagi “«Brest”ga qarshi o‘yinda (2:0) urgan golini ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlangan yosh muxlisga bag‘ishladi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.
Avvalroq, VACTERL sindromi tashxisi qo‘yilgan 8 yoshli Kamilla videomurojaatini e’lon qilib, Mbappeni Yangi yil bilan tabriklagan va undan PSJni tark etmaslikni so‘ragan edi. Keyinchalik uning ijtimoiy tarmoqlardagi posti ostida ko‘plab haqoratli sharhlar paydo bo‘lgandi.

Mbappe omma oldida qizni qo‘llab-quvvatlagan va Kamillani haqorat qilganlarni qoralagan. Brest darvozasiga urilgan goldan so‘ng, hujumchi kamera oldiga yugurib kelib: “Kamilla! Bu siz uchun”, deb aytgan
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2018 yildan beri PSJda faoliyat yuritmoqda. Hujumchining jamoa bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025