Mbappe faoliyatidagi 200-golini urdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatidagi 200-golini urdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi. 

Fransiya kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan uchrashuvda PSJ – “Vannes”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Mbappe xet-trikka erishdi. Shu tariqa u faoliyatidagi 200 va 201-gollarni urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u PSJ safida ham 150 goldan iborat dovonni bosib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2017 yilda “Monako”dan PSJ safiga kelib qo‘shilgan. Hujumchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Mbappe Fransiya 1-ligasining 17 ta o‘yinida qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u UEFA Chempionlar ligasida 4 marta, Fransiya kubogida esa raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Mbappe Monako

Baholaganlar

3

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing