Mbappening dubli Fransiyani nimchorak finalga olib chiqdi

Sport

image

Bugun, 1 iyul kuni Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Fransiya milliy terma jamoasi Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada fransuzlar 1/8 final bosqichga yo‘l oldi.

AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gollarga Kilian Mbappe (45, 74) va Bredli Barkola (53) mualliflik qildi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Mbappe ushbu dubl orqali Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 18 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u 19 ta golga ega Lionel Messidan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, Mbappe va Messi joriy mundialda oltitadan gol urib, turnir to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Endilikda Fransiya terma jamoasi 1/8 finalda Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Paragvay avvalroq Germaniyani 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etib, nimchorak final bosqichga chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, Fransiya – Paragvay uchrashuvi joriy yilning 5 iyul kuni AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing