Mbappe burnidan operatsiya qilinadi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Yevro-2024 o‘yinida avstriyalik himoyachi bilan to‘qnashib ketdi va burnidan jiddiy jarohat oldi. Tez orada Mbappe jarrohlik stoliga yotqiziladi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Avstriya bilan o‘yinda “uch ranglilar” sardorining burnidan kuchli qon keta boshladi va uni almashtirishga to‘g‘ri keldi. Mbappe to‘g‘ridan to‘g‘ri tez yordam mashinasida kasalxonaga yo‘l oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, forvardning burni singanligi sababli shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Hozircha Mbappening qachon safga qaytishi noma’lum.

Qayd etish joiz,Fransiya terma jamoasi Avstriyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, qit’a birinchligini g‘alaba bilan boshladi. Dide Desham shogirdlari Yevro-2024 doirasidagi navbatdagi o‘yinni 21 iyunda Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Mbappe bu o‘yinni katta ehtimol o‘tkazib yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing