Mbappe bilan 3 yillik bitim PSJga qanchaga tushadi?

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan yangi shartnomasiga ko‘ra katta miqdorda maosh olishi mumkin. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha , bu sport tarixidagi eng yirik shartnoma hisoblanadi. Mbappe uch yil ichida 636 million yevro ishlab olishi mumkin.

Kilian Mbappening PSJdagi amaldagi shartnomasi bo‘yicha maoshi yiliga 72 million yevroni tashkil qiladi, sodiqlik uchun bonuslar esa yiliga 70-90 yevroni tashkil qiladi. Fransuz manbalariga ko‘ra, barcha imtiyozlarni  hisobga olgan holda, Mbappega  uch yil davomida taxminan 630 million yevro to‘lanadi – bu futbol tarixidagi eng yirik shartnoma.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.

Kilian Mbappening amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan, biroq futbolchining iltimosiga ko‘ra yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida avvalgi rekordchi Lionel Messi edi, u 2017 yildan 2021 yilgacha “Barselona”da taxminan 555 million yevro ishlab topgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing