MB xalqaro to‘lov kartalaridagi pulni naqdlashtirish bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image
Endi MB valyuta kursini belgilamaydi north_east

Endi MB valyuta kursini belgilamaydi

Avval ma’lum qilinganidek, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro tajribaga asosan xalqaro to‘lov kartalaridagi mablag‘larni mamlakat hududidagi bankomatlar orqali faqat milliy valyuta – “so‘m”da naqdlashtirish amaliyoti joriy qilindi.

Jismoniy shaxs – rezidentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) bevosita bank kassalarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki harbiy guvohnoma) taqdim etgan holda xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda naqdlashtirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki so‘nggi paytlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida naqdlashtirish jarayonida komissiya olinayotganligi to‘g‘risida chop etilgan maqolalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, bank tijorat tashkiloti bo‘lib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir.

Ma’lumki, xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Master Card, China Union Pay va hokazo) vositasida bajarilib, ushbu tizimlar tomonidan har bir tranzaksiya uchun tijorat banklaridan muayyan komissiya to‘lovi undiriladi. 

Bundan tashqari, tijorat banklarining naqd chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsion xarajatlari ham mavjud bo‘lib, ular naqd xorijiy valyutani respublikaga olib kirish, olib chiqish, qayta sanash, transport va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 

O‘z navbatida, banklar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida hamda daromad olish maqsadida mijozlardan undiriladigan xizmat haqini mazkur xarajatlarni inobatga olgan holda tasdiqlaydilar.

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida banklar o‘rtasida raqobat muhiti shakllanmoqda. Bu o‘z navbatida, bank xizmatlariga o‘rnatilgan tariflarning ommabop bo‘lishiga va pasayishiga xizmat qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda bank kassalari orqali xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyutani naqdlashtirish uchun o‘rnatilgan komissiya 0,5 – 1 foiz oralig‘ida (ayrim banklarda bepul) bo‘lib, boshqa MDH mamlakatlaridagi ushbu turdagi xizmat uchun o‘rnatilgan tariflardan (o‘rtacha 2 foiz) sezilarli darajada pastdir.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatdagi barcha valyuta ayirboshlash shoxobchalari tegishli terminallar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab 633 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari “24/7” rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda”, deyiladi MB axborotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgustidan tijorat banklari naqd xorijiy valyuta sota boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank xorijiy valyuta

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing