MB karantin paytida narxlar qimmatlashishi uchun jiddiy asoslar mavjud emasligini aytmoqda

Jamiyat

image

Karantin paytida narxlar qimmatlamasligi uchun bir necha omillar mavjud. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lum qilmoqda

“Butun jahonda ro‘y berayotgani kabi O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar iqtisodiy faolikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z o‘rnida, kelgusida aholining daromadlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Pandemiya ta’sirida shakllangan joriy iqtisodiy holat butun dunyoda, jumladan, bizda ham joriy yilda aholi daromadlarining yuqori darajada oshmasligini ko‘rsatmoqda.

Pandemiyaning narxlarga ta’siri bo‘yicha karantinning dastlabki kunlari aholining xavotirlari keskin oshishi oqibatida asosiy oziq-ovqat hamda gigiyena vositalariga bo‘lgan talab keskin ko‘tarildi. Bu holat esa ayrim savdo nuqtalaridagi narxlarga vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatdi”, deyiladi rasmiy xabarda. 
 
Markaziy bank bir necha omillarga tayanib karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emasligini bildirmoqda. Bu omillar quyidagilar:

•    aholining doimiy daromadlari qisqarishi natijasida iste’mol tovarlarining asosiy qismiga bo‘lgan yalpi talab keskin pasayishi;

•    kelgusi oydan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi hosili katta hajmda bozorlarga chiqishi;

•    tegishli Prezident Farmoni bilan bir qator asosiy xalq iste’molidagi tovarlar va ularning xomashyolari importiga 2020 yil 31 dekabriga qadar bojxona boji va aksiz solig‘ining bekor qilinishi;

•    Hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari.

Shuningdek, 2020 yildan boshlab Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, 15 foiz darajasida belgilandi. Bu birinchi navbatda, iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida inflyatsiya bo‘yicha prognozlarni pasayish tomonga ko‘rib chiqilganligi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda ma’lumotda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank karantin inflyatsiya

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing