Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

MB inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi. 1999 yilgi 100 ming so‘m hozir qancha bo‘ladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin bo‘lgan inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi. Ushbu kalkulyator Markaziy bank saytining pul-kredit siyosati bo‘limida joylashtirilgan.

Inflyatsiya kalkulyatori kiritilgan ikki davr oralig‘ida iste’mol narxlari indeksi (INI) dinamikasi asosida narxlar o‘zgarishi, davr boshidagi kiritilgan miqdorning yakuniy davrdagi qiymati, o‘rtacha yillik inflyatsiya va o‘rtacha oylik inflyatsiya ko‘rsatkichlarini hisoblaydi.

Kalkulyator bilan 1999 yil dekabrdan joriy yil yanvargacha bo‘lgan davrdagi inflyatsiya ko‘rsatkichini hisoblash mumkin. Xususan, 1999 yil dekabr oyidagi 100 ming so‘m hozirda 1 mln 233 ming so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Kalkulyatorda Statistika agentligi tomonidan hisoblab boriladigan iste’mol narxlari indeksi (INI) oylik ma’lumotlaridan foydalaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank inflyatsiya iste'mol savatchasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing