MB “Hi-tech bank”ni bankrot deb e’lon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki “Hi-tech bank” bankrot deb topilganini  e’lon qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi

Aytilishicha, shu yilning 17 martida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori va Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qarori chiqarilgan.

Qarorga asosan “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining tugatish komissiyasi vakolati tugatilganligi hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanganligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 fevral kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qabul qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Hi-tech bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing