MB asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 dekabrda Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror 2020 yildagi pul-kredit siyosati yumshatilishining  iqtisodiyotga ta’sirini saqlab qolish, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va 2021 yilning I yarmida iqtisodiy faollik tiklanishining davom etishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Shuningdek, Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda inflyatsiyaning 2021 yilga mo‘ljallangan yillik 10 foizdan past oraliq maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing