MB asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qildi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2022
7430Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, “Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi” ham ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, MB Boshqaruvi joriy yilning 8 sentyabr kuni ham asosiy stavkani o‘zgarishsiz – 15 foiz darajasida qoldirish haqida qaror qabul qilgandi.
Markaziy bank Boshqaruvining 2022 yil 21 iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavka yillik 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi.
LiveBarchasi