MB asosiy foiz stavkasini 14% etib belgiladi

Biznes

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni o‘tayotgan brifingda Markaziy bank Mamarizo Nurmurotov ma’lum qildi. 

Raisga ko‘ra, ushbu qaror inflyatsiyaning yanada sekinlashishi, pandemiya sharoitida inflyatsiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. 

“Biz 2023 yilga qadar inflyatsiyaning besh foizlik doimiy ko‘rsatkichga erishish choralarini ko‘ramiz”, deydi Nurmurotov.

Qayd etilishicha, yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 11−12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolingan. Bunda inflyatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar barqaror pasayishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlab qolinishi sharoitida inflyatsiya prognozi yanada pasaytirish tomonga ko‘rib chiqilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing