Majlis kun tartibi tasdiqlandi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
5956Bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ilk majlisi bo‘lib o‘tayotgani, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.
Ayni vaqtda majlis kun tartibi tasdiqlandi.
Birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining axboroti;
Ikkinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri va uning o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy partiyalar vakillari kengashini saylash;
Uchinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini saylash;
To‘rtinchi masala – Siyosiy partiyalar fraksiyalarini ro‘yxatga olish;
Beshinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ro‘yxatini tasdiqlash hamda siyosiy partiyalar fraksiyalar o‘rtasida qo‘mitalar raislarini tasdiqlash.
Oltinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari raislarini saqlash.
Kun tartibi 150 deputatdan 149 nafarining ovoz berishi orqali tasdiqlandi.
LiveBarchasi