Mayya Sandu BMT minbaridan Rossiyaga talab qo‘ydi
Olam
−
23 Sentabr 2022
19609Moldova Prezidenti Mayya Sandu BMT minbarida turib, Rossiyadan qo‘shinlarini Dnestr daryosining so‘l sohilidan to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda MOLDPRES xabar berdi.
Mayya Sandu BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida Moldova suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.
Uning ta’kidlashicha, Dnestryani mintaqasida Rossiya harbiylarining noqonuniy bo‘lishi betaraflikni buzadi va Moldova xavfsizligiga xavf tug‘diradi.
“Biz Dnestrning chap qirg‘og‘idan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishni va Kobasnadagi omborlardagi o‘q-dorilarni yo‘q qilishni talab qilamiz”, deydi davlat rahbari.
Prezident BMT minbaridan turib Kishinyovda mojarolar tufayli bo‘linib ketgan mamlakat bo‘lish nimani anglatishini bilishini ta’kidlab, 1992 yildagi fojiali urushni, uning oqibatlarini Moldova hamon his qilayotganini esladi.
Davlat rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushini yana qoraladi va qo‘shni davlatning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, “omon qolish, adolat va erkinlik uchun kurashda davom etayotgan” ukrainaliklarga qoyil qolishini bildirdi.
LiveBarchasi