Maymun chechagi bilan kasallanish keskin o‘sdi – JSST

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 13 mayidan 2 iyunigacha dunyoning 27 davlatida maymun chechagi bilan kasallanishning 780 ta holati tasdiqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining haftalik hisobotida aytiladi.

Bir hafta ilgari 26 mayda 23 davlatda maymun chechagi bilan bog‘liq 257 ta holat tasdiqlangan. Bir haftada kasallanganlar 523 nafarga ko‘paygan, o‘sish – 203 foiz.

“2022 yil 13 maydan 2 iyungacha maymun chechagi virusi uchun endemik bo‘lmagan to‘rtta mintaqadagi 27 ta a’zo davlatda JSST tomonidan 780 ta laboratoriya tomonidan tasdiqlangan maymun chechagi holati qayd etilgan yoki aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Kasalliklar qayd etilgan mamlakatlar asosan Yevropa va Shimoliy Amerikada joylashgan. Aksariyat hollar:

•    Buyuk Britaniya – 207 (bir hafta oldin - 106),

•    Ispaniya – 156 (20),

•    Portugaliya – 138 (49),

•    Kanada – 58 (26),

•    Germaniya – 57 (5).

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing