Maykl Pens AQSHga og‘ir kunlar yaqinlashayotganini aytdi

Olam

image

Yaqin kunlarda AQSH aholisi orasida koronavirus yuqtirganlar soni ko‘payadi. Bu haqda 28 sentyabr kuni Oq uyda nutq so‘zlagan AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens ma’lum qildi

"Qo‘shma Shtatlarning 10 ta shtatida koronavirusga chalinganlar ortyapti. Bu esa yaqin kunlarda AQSHda kasallar soni haddan ziyod ko‘payib ketishini anglatadi", dedi AQSH vitse-prezidenti.

Ma’lumot uchun, COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri dunyoda koronavirus asoratlari bilan vafot etganlar soni 1 milliondan oshib ketgan. 

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH , Hindiston va Braziliya yetakchilik qilyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 068 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing