Mayk Taysondan ilhomlangan sobiq jahon chempioni ringga qaytmoqchi
Sport
−
27 mart 2021
5870Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Oskar De La Xoyya karerasini tiklashini ma’lum qildi.
Bu haqda De La Xoyya MMA jangchisi Ben Askren va videobloger Jeyk Pol o‘rtasida aprelda bo‘lib o‘tadigan jangga bag‘ishlangan tadbirda e’lon qilgan.
Sobiq chempion o‘z jangini joriy yilning 3 iyul kuni o‘tkazishini ta’kidlagan.
48 yoshli sportchi raqibining ismini oshkor qilmagan.
Oldinroq, De La Xoyya mashg‘ulotlarini qayta boshlaganini aytib, 2020 yil noyabr oyida 51 yoshli Roy Jonsga qarshi jangda qatnashgan 54 yoshli Mayk Taysonni eslatib o‘tgandi.
"Mayk Tayson meni juda ilhomlantirdi", degan De La Xoyya.
Ma’lumot o‘rnida, De La Xoyya faoliyatini 13 yil oldin yakunlagan. 2008 yilda u filippinlik Menni Pakyao bilan jang o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.De La Xoyya olti vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan.
LiveBarchasi