Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image

Kecha, 22 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdilar. Biz ham o‘g‘lim bilan ushbu quvonchli lahzalarda ularga hamroh bo‘ldik. Yuraklar his-hayajoniga to‘lib toshgan, chunki bu butun O‘zbekiston uchun chinakam tarixiy voqea – mamlakatimiz ilk bor jahonning eng nufuzli musobaqasida qatnashadi.

O‘g‘limning ko‘zlarida – quvonch va faxr. Qo‘lida – qahramonlarimiz dastxati tushirilgan to‘p, endi uni bebaho xazinadek asraydi. Qalbida bo‘lsa milliy jamoamizga bo‘lgan ishonch”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, u futbolchilardan maydonga dadil tushib, yuragini berib o‘ynashni so‘ragan.

“Yigitlar, siz allaqachon ulkan marrani zabt etdingiz – xalqimiz qalbida orzu va ishonch uyg‘otdingiz. Endi esa o‘zbek futboli nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying. Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang. Bugun ko‘cha changitib to‘p tepayotgan, bir kun kelib milliy terma jamoa libosini kiyishni orzu qilayotgan har bir bolakay uchun o‘ynang. Biz sizga ishonamiz. Butun mamlakat sizga ishonadi. Prezidentimiz sizga ishonadi.

Olg‘a, O‘zbekiston!” deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing