May va iyun oylarida qancha fuqaro Toshkent propiskasini oldi?
Jamiyat
−
06 iyul 2020
10966Joriy yil boshidan buyon Toshkent shahriga jami 49936 nafar fuqaro doimiy propiska qilingan bo‘lsa, birgina may va iyun oylarida 39626 nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga kiritilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Shundan, may va iyun oylarida 1-band bo‘yicha (qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga) 13 808 nafar, 2-band bo‘yicha (qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki bo‘lgan boshqa uy-joy maydoniga) esa 17 606 nafar fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 1 sentyabrdan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha yashab turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo hamkorlik orqali, Yagona darcha tamoyili asosida, Ichki ishlar vazirligining manzil avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 13 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi.
LiveBarchasi