May oyida Shavkat Mirziyoyevga “Osiyoda yil odami” mukofoti topshiriladi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
64062018 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlari Assotsiatsiyasi (AJA) tomonidan "Osiyoda yil odami" deb tan olingan edi.
Avvalroq, mukofotni topshirish marosimi 2019 yilning bahorida AJA Bosh assambleyasida o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Nampravda.uz manbasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 31 may kuni Toshkent shahrida Osiyo jurnalistlari Assotsiatsiyasining media-forumi o‘tkaziladi. Forum davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Osiyoda yil odami” mukofoti topshiriladi. Forumda 20dan ziyod mamlakatdan jurnalistlar ishtirok etishi kutilmoqda.
LiveBarchasi