Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi
3-sahifa
−
14 iyul 2024 6991 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqibatda yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yerda yong‘in yuzaga kelgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan yong‘in haqidagi xabarga asosan, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilib, soat 16:37 da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:18 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydonining 1 gektar qismi yonib ketgandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr