Viloyat hokimlari Matematika institutining bo‘limlariga rahbar bo‘ladi – Prezident

Jamiyat

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutini ochib bergani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev Matematika institutini ochib berish davomida hududlarda ham uning bo‘limlari tashkil etilishi va unga shaxsan hokimlarni rahbar bo‘lishini aytib o‘tdi. 

“Shu paytgacha bizda eng katta xato bo‘lganki, matematika bo‘yicha darsliklarga Matematika institutining hech qanday aloqasi bo‘lmagan. 1991 yil bilan 2020 yildagi matematika soatlarini solishtirsak, yer bilan osmoncha farqi bor. 30 yil davomida soatni kamaytirib-kamaytirib, shunga keldikki, matematikaning oliy ta’limda ham ustuvor ekaniga ham hech qanday e’tibor yo‘q. Maktabgacha ta’lim, maktab, oliygoh o‘rtasida uzviylik yo‘q edi. Mana shu uzviylikni ta’minlash uchun birinchi qadamlarimizdir. Bu ilm fan namoyandalarimiz, talabalarimizga tuhfa. Milliy matematikani amalga birgalikda joriy qilish uchun zamin. 

Bu binolarda 1 sentyabrdan boshlab har bir daqiqasida matematika bo‘yicha raqobat muhitini yaratish kerak. Uzoq Qorako‘ldagi Xalqaro matematika maktabini tashkil qilganimiz. Har bir tumanda Qorako‘ldagi matematika maktabimizning muhitini yaratsak, Nukus, Samarqand... beshta hududda matematika institutining bo‘limlarini ochamiz. Viloyat hokimlari hududlardagi mana shu bo‘limlarning rahbari bo‘ladi. Hududlardagi matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab direktori hokimga yordamchi bo‘ladi. Tumandagi matematika maktabini hokimning o‘zi boshqaradi. Nega? Matematika bilan shug‘ullanishga hammani o‘rgatishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident matematikani o‘qitish bo‘yicha darsliklar qoniqarli emasligini aytib, fanni oddiy qilib chuntiraigan darsliklar ustida ishlash kerakligiga urg‘u berdi.

“Matematika dasturini tayyorlagan odamlaga alohida manfaatdorlik bormi, maktabda matematika muhitini yaratish bo‘yicha Fanlar akademiyasi Matematika institutining xodimlariga qanday imkoniyatlar yaratish kerak? Ular shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, oddiy tilda matematikani o‘qitishni o‘rgatish, ayniqsa, xalq ta’limida. Hozircha yo‘q bu metodika. Shuni amalga oshirish uchun bu bino ishlashi kerak. Bu ishlamaguncha hududda tarmoqlarda fan rivojlanmaguncha, innovatsiya bo‘lmaydi. Matematikadan boshlaganim bejimga emas, fanning eng kattasi shu o‘zi. Agar matematikadan boshlasak, fizika ham bo‘ladi, biologiya, geologiya ham bo‘ladi. Agar bu sohaning 3-4 yil mukammal egasi bo‘lib, ishlasak, har bir sohada ilm rivojlansa, pirovard maqsad iqtisodiy barqarorlik ta’minlanadi. Shuning uchun, innovatsiya muhitiga zaminni yaratib berishimiz kerak. U zaminni qonuniy mustahkamlash kerak. Hozirgi bor matematika o‘qituvchilarini 3, 6 oylik, 1 yillik davlat tomonidan qayta tayyorlash bo‘yicha aniq takliflar kerak”, dedi Prezident.

Ma’lumot uchun, institutning yangi binosida 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona, majlislar zali, oshxona joylashgan. Xonalar eng ilg‘or texnika va uskunalar bilan jihozlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Matematika instituti

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing