Mirziyoyev Japarovni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Sizning xalq turmush darajasini oshirish va farovonligini ta’minlash, Qirg‘izistonning xalqaro maydondagi obro‘si va nufuzini yanada oshirish borasidagi faol sa’y-harakatlaringiz alohida e’tiborga loyiqdir.

So‘nggi yillarda mustahkam siyosiy irodamiz tufayli tarixiy do‘st davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik qardoshlik rishtalarini har tomonlama mustahkamladik, o‘zaro manfaatli munosabatlarimizni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tardik. Shu munosabat bilan yaqin birodarlik, oliy darajadagi o‘zaro tashrif va muloqotlarni faollashtirish, samarali muzokaralar chog‘ida erishilgan muhim kelishuvlar xalqlarimiz umumiy manfaatlariga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman", deyiladi tabrikda.

Shuningdek, Mirziyoyev belgilab olingan katta reja va marralar, boshlangan yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

"Yuqori hurmat va ishonch, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarimiz bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, sizni hayotingizdagi ushbu quvonchli kun bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatingizda yangi zafarlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, barqarorlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilayman", deyiladi Mirziyoyev tabrigida.

Ma’lumot uchun, Sadir Japarov 1968 yil 6 dekabrda tug‘ilgan. U 56 yoshni qarshiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing