Masjid imomi, rafiqasi va 3 bolasi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 21 mart kuni Qo‘qon shahar “Hazrati Abbos” masjidi imom-xatibi Saidkamolxon Mahmudov, uning turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Saidkamolxon Mahmudov 2014 yildan buyon Qo‘qon shahridagi "Hazrati Abbos" masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelgan.

Avvalroq, Samarqand viloyatining Narpay tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing