Mast erkak Meksika Prezidentiga shilqimlik qildi (video)

Olam

image

Meksika poytaxti Mexiko shahrining tarixiy markazida mamlakat Prezidenti Klaudiya Sheynbaum fuqarolar bilan suhbatlashayotgan paytda, mast holdagi bir erkak uning orqasidan yaqinlashib, Prezidentga shilqimlik qilib tegingan. Shundan so‘ng, hukumat vakillaridan biri vaziyatga aralashgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda erkak Prezidentni o‘pish uchun egilayotgandek ko‘ringan va qo‘llari bilan unga tekkani aks etgan. Sheynbaum esa uning qo‘llarini muloyimlik bilan itarib, yuzida sovuqqina tabassum bilan unga qaragan holda “Xavotir olmang”, degan so‘zlarni aytgan.

Prezident ma’muriyati voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Qayd etish joiz, Sheynbaum o‘zidan oldingi rahbar va siyosiy ustozi Andres Manuel Lopes Obrador singari xalq bilan bevosita aloqada bo‘lishga intiladi. U tez-tez olomon orasiga kirib, suratga tushadi va qo‘l berib salomlashadi. Yuqordagi videoda esa uning xavfsizlik xodimlari voqeadan so‘ng darhol ko‘rinish bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika shilqimlik Klaudiya Sheynbaum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing