Mast haydovchi IIO xodimlariga qarata o‘q uzdi

Olam

image

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatida mast haydovchi politsiya xodimlariga qarata o‘q uzdi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kecha, 12 noyabr kuni soat 21:00 da Qo‘stanay viloyati hududidan o‘tgan Olmaota-Yekaterinburg trassasida yon chiroqlarini yoqmasdan harakatlanayotgan UAZ rusumli mashina politsiya xodimlarining e’tiborini tortgan. Xodimlar haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u harakatni davom ettirgan. 

Bir muddat o‘tib esa haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, mashina ariqqa tushib ketgan. Politsiya xodimlari ta’qibni davom ettirgan vaqtda haydovchi o‘qotar quroldan huquq-tartibot xodimlari tomon bir necha bor o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan.  

“Politsiya bunga javoban qurol ishlatmagan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan”, deyiladi xabarda.

Viloyati IIB maxsus bo‘linmasi xodimlari ishtirokida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida UAZ haydovchisi shu hududda yashovchi tanishining uyidan topilgan. Aniqlik kiritilishicha, qonunbuzar fuqaro Qorabaliq tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro bo‘lgan. 

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda haydovchi mast bo‘lgan. Jinoyat ishi bo‘yicha ov miltig‘i, o‘q-dorilar va spirtli ichimlik daliliy ashyo sifatida olingan. 

Huquqbuzar shu kunning o‘zida shahar IIBning vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 380-1-moddasi (Ichki ishlar organi xodimining hayotiga tajovuz qilish) bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston IIO Qo'stanay Politsiya Mast haydovchi UAZ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing