Masofa saqlolmagan Damas Nexia'ga “yetib oldi”

Jamiyat

photo_2020-05-26_21-55-37

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida o‘z oldidagi Nexia va uning orqasida masofa saqlamay harakatlanayotgan Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 may kuni soat 18:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani A-378 “Sarmarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lining 125 km.da, haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan A.X. (erkak) Damas rusumli transport vositasini boshqarayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, haydovchi, 1963 yilda tug‘ilgan P.X. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli transport vositasining keskin tezligini kamaytirishi oqibatida ushbu avtomobil bilan oraliq masofani saqlay olmay, orqa tomonidan urib, YTH sodir qilgan.

Natijada, Damas rusumli transport vositasi haydovchisi A.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan yo‘lda oldindagi transport vositasi bilan belgilangan masofani saqlab harakatlanishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTX

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing