Nexia-3 beton to‘siqni yorib yuborgan YTHda haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Namanganda Nexia-3 rusumli avtomobil beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 7 iyul kuni Kosonsoy – Namangan yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan, uning yonidagi yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Nexia-3 rusumli avtomobil harakatlanib kelayotgan yo‘lidan chiqib ketib, 2.5 metrli beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida beton yorilib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan YTX

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing