Andijonda poyezd traktorni urib ketdi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda poyezd va traktor ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan video tarqalmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Andijon viloyatining Andijon tumani Sho‘ro qishlog‘ida joriy yilning 25 yanvar kuni yuz bergan. 

Guvohlarining ma’lum qilishicha, voqea traktorning temiryo‘l ustida to‘xtab qolishi oqibatida yuz bergan. Natijada poyezd kelib traktorga urilgan va uni kanalga tushirib yuborgan.

Voqea yuzasidan rasmiy ma’lumotlar berilmadi. Tan jarohati olganlar haqida ham ma’lumot yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘i yaqinida elektrovozda yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon poezd traktor YTX

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing