Toshkentda lokomotivning yonishi yuzasidan rasmiy munosabat berildi
Jamiyat
−
25 yanvar 2020
8733Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘idagi temir yo‘l kesishmasida lokomativning mashinist kabinasida yong‘in chiqqani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.
Ushbu hodisa yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 25 yanvar kuni taxminan soat 14:20 larda VL-60 2157 elektr-manyovr lokomotivining faqat ikkinchi mashinist kabinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Isitish tizimida mavjud bo‘lgan qisqa tutashuv yong‘inning dastlabki sababi sifatida keltirilgan.
“Yuqori kuchlanishli kameraga (mashinnыy otsek) yong‘in o‘tmagan. O‘t o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakati bilan yo‘ng‘in tez fursatda bartaraf etildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi