Maskning “ustidan yozgan” SpaceX xodimlari ishdan bo‘shatildi – OAV
Olam
−
17 iyun 2022
6661Amerikaning SpaceX kompaniyasi Ilon Maskning xatti-harakatlariga qarshi shikoyat xati yozgan xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 16 iyun kuni SpaceX xodimlari kompaniya asoschisi va egasi Ilon Mask ustidan rahbariyatga jamoaviy shikoyat xati tayyorlagan. Xatda, Mask kompaniyaning “yuzi” hisoblanishi va uning ijtimoiy tarmoqlardagi har bir posti butun kompaniyaning pozitsiyasi sifatida qabul qilinishi mumkinligi keltirilgan. Xodimlar Maskning tez-tez tvit yozishini qoralagan.
“Kompaniya tekshiruv o‘tkazdi va xatga aloqador bo‘lgan bir qancha xodimlarni ishdan bo‘shatdi”, deb yozadi “The New York Times” SpaceX kompaniyasi rahbari Gvinn Shotvell hamda kompaniyaning uch xodimi xatiga tayanib.
Nashr qancha xodim ishdan bo‘shatilganini aniqlay olmagan.
LiveBarchasi