Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Maskning havo kemasi yana portlab ketdi

Olam

image

SpaceX kompaniyasining Starship kemasi ketma-ket ikkinchi marta sinovdan o‘tkazish vaqtida portlab ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kema Texasdagi bazadan havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan. Raketa portlash paytida yerdan 150 km balandlikda bo‘lgan.

Portlash Florida shtatining bir qismi va Karib dengizi ustidan ko‘ringan. Aviatsiya federal boshqarmasi portlash tufayli Mayami, Fort-Loderdeyl, Palm-Bich va Orlando aeroportlaridagi parvozlarni to‘xtatgan.

SpaceX portlash raketaning bir nechta dvigatellari yo‘qolganidan keyin sodir bo‘lganini ma’lum qilgan va hodisa sabablarini tushunish uchun so‘nggi uchirishni tahlil qilishga va’da bergan.

Nashrning yozishicha, bu 2025 yildagi ikkinchi Starship portlashi – yanvar oyida yettinchi sinov uchirilishi paytida kosmik kema ham ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay parchalanib ketgan.

Ma’lumot uchun, Starship – tarixdagi eng katta va eng kuchli raketa. SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, kema odamlar va yuklarni Yerning past orbitasiga, Oy va Marsga yetkaza oladi. Tizimning umumiy taxminiy yuk ko‘tarish quvvati 150 tonnani tashkil qiladi. Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Starship tizimi 70 metrli Super Heavy birinchi bosqich va qo‘shimcha dvigatellarga ega 50 metrlik Starship kosmik kemasidan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

raketa SpaceX Starship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing