“Masxaraboz”, “Putinning kuchukchasi”, “yolg‘onchi” – Tramp va Bayden birinchi debatini o‘tkazdi

Olam

image
Tramp soliq to‘lashdan hech qachon qochmaganini da’vo qilyapti north_east

Tramp soliq to‘lashdan hech qachon qochmaganini da’vo qilyapti

Kecha, 29 sentyabr kuni AQSHda mamlakat prezidentligiga nomzod Donald Tramp va Jozef Bayden o‘rtasidagi ilk teledebat o‘tkazildi. Koronavirus sabab qo‘l berib salomlashmasdan boshlangan munozara ashaddiy haqorat va ayblovlar bilan o‘tdi.

Xususan, Bayden Trampni “AQSH tarixidagi eng yomon Prezident”, “masxaraboz”, “Putinning kuchukchasi”, “yolg‘onchi” deb haqoratlab, uni irqchilikni avj oldirishda aybladi. Tramp o‘z navbatida, muntazam Baydenning so‘zini bo‘lib, uning aqliy layoqatiga shubha bildirdi va uning o‘g‘lining Ukrainadagi ishini korrupsiyaga tenglashtirdi.

Tomonlar koronavirus pandemiyasi haqida gapirganda o‘ta qattiq “zarba”lar almashdi. Bayden Trampni bir necha oylar davomida virusni mensimaslikda aybladi va natijada qurbonlar soni ortib ketganini aytdi. Tramp esa Bayden Prezident bo‘lganida qurbonlar soni millionga yetishini, mamlakat iqtisodiyoti esa vayron bo‘lishini aytib, qarshilik bildirdi.

Shu bilan birga Tramp saylov natijalarini tan olishi haqidagi savolga aniq javob berishdan yana bir bor qochdi. 

“Ko‘ramiz nima bo‘lar ekan. Bilasizmi men saylov yuzasidan jiddiy norozilik bildirganman, bu fojia”, degan Tramp pochta orqali ovoz berish ovozlarni soxtalashtirishga olib kelishini mumkinligini aytib. Bayden esa saylovning har qanday natijasini tan olishini aytgan.

Avvalroq, 23 sentyabrda u hokimiyatni tinch topshirishni kafolatlamasligiga ishora qilgandi. U barchasini Oliy sud hal qilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jo Bayden AQShda saylov

Baholaganlar

424

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing