Tramp soliq to‘lashdan hech qachon qochmaganini da’vo qilyapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp so‘nggi yillarda millionlab dollar daromad solig‘i to‘laganini va to‘lovdan hech qachon qochmaganini aytgan

"Men million dollarlab soliq to‘laganman. Bir yili 38 million dollar to‘lagan bo‘lsam, boshqa yili 27 million dollar to‘laganman", dedi amaldagi davlat rahbari 29 sentyabr kuni saylovdagi raqibi Jozef Bayden bilan bo‘lgan debatda.

Trampdan 2016 va 2017 yillarda daromad solig‘i sifatida qancha pul to‘laganini aniq aytib berishini so‘rashdi.Tramp millionlab dollar to‘laganini yana bir bor ta’kidladi.

Shu bilan birga, u soliq deklaratsiyasi tayyor bo‘lishi bilan e’lon qilishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, "The New York Times" gazetasi AQSH Prezidenti Donald Tramp so‘nggi 15 yilning 10 yilida umuman soliq to‘lamagani ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing