Mask yana dunyoning eng boy odami bo‘ldi

Bu qiziq

image

Tesla asoschisi va Twitter ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask Forbes jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari reytingining birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Bu haqdagi ma’lumot nashr saytida keltirilgan.

Nashrga ko‘ra, Maskning boyligi 4,2 milliard dollarga oshgan va hozirda 240,7 milliard dollarga baholanmoqda.

LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno 234,6 milliard dollarlik boyligi bilan ikkinchi o‘ringa tushib ketgan.

Amazon korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezos, Oracle korporatsiyasi asoschilaridan biri amerikalik Larri Ellison hamda Microsoft asoschisi Bill Geyts sayyoraning eng boy odamlari beshligidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter egasi Mask platformaning nomini Xʼga o‘zgartirgandi. Kechadan boshlab Twitter foydalanuvchilari ekranlarida kompaniyaning ramzi bo‘lgan qushcha o‘rniga X belgisi ko‘rinish berishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Forbes Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing