Mask yaqin kelajakda Marsda mustaqil sivilizatsiya qurmoqchi

Olam

image

SpaceX kompaniyasi 20-30 yil ichida Marsda hech qanday Yer yordamisiz yashay oladigan sivilizatsiya yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz Marsga borishni xohlaganlarning barchasini yuborishni va oxir-oqibat u yerda o‘zini to‘liq ta’minlay oladigan sivilizatsiya qurishni istaymiz. Bu kompaniyaning uzoq muddatli maqsadi – hayotni bir nechta sayyoralarga yoyish. O‘ylaymanki, buni 20-30 yil ichida amalga oshira olamiz”, deydi Mask.

15 mart kuni Mask 2026 yil oxirida Starship kosmik kemasi Marsga Optimus insonsimon roboti bilan uchirilishini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar robot bilan parvozlar muvaffaqiyatli o‘tsa, 2029 yilda Marsga odamlarni yuborish rejalashtirilmoqda.

Kompaniyaning rejasiga ko‘ra, Starship kosmik tizimi universal bo‘lib, u turli versiyalarda Yer orbitasiga odamlarni uchirish, sun’iy yo‘ldoshlarni chiqarish, Oy va Marsga hamda boshqa uzoq osmon jismlariga missiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Super Heavy ko‘p martalik tezlatkich va Starship kemasi Yerga vertikal qo‘nishi nazarda tutilgan.

Hozirgi loyiha bo‘yicha, butun kosmik tizimning umumiy balandligi 121 metrni (shundan kema – 50 m, tezlatkich – 71 m), diametri esa 9 metrni tashkil etadi. Yuk ko‘tarish quvvati 100-150 tonna bo‘lishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarder Ilon Mask xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Yer yuzidagi “eng aqlli sun’iy intellekt” – Grok 3’ni taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mask tsivilizatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing