Mask o‘z hisobidan insoniyatni Marsga olib chiqmoqchi

Olam

image

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi, tadbirkor Ilon Mask AQSHda “milliarderlarga soliq” joriy etish taklifini yana bir bor tanqid qildi va o‘z mablag‘ini insoniyatni Marsga uchirish uchun sarflashni rejalashtirayotganini aytdi.

“Washington Post” gazetasi jurnalisti Twitter’da agar AQSHda demokratlar tomonidan taklif qilingan “milliarderlarga soliq” joriy qilinsa, Mask va “Amazon” kompaniyasi rahbari Jeff Bezos Marsga odam jo‘natish missiyasini moliyalash uchun yetarli miqdorda pul to‘lagan bo‘lardi, deb tvit qoldirgan. Bunga dunyoning eng boyi odami quyidagicha javob qoldirgan:

“Mening rejam pulni insoniyatni Marsga olib borish va ong nurini saqlab qolish uchun ishlatishdir”.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskka tegishli Tesla kompaniyasining katta miqdorda buyurtma olishi ortidan kompaniyaning narxi 1 trillion AQSH dollaridan oshdi. Bu esa amerikalik tadbirkorning boyligiga ta’sir qilmay qolmadi. Ayni vaqtda Mask dunyoning eng boy odamlar reytingida yetakchilik qilmoqda.

“Milliarderlar uchun soliq”

AQSH senatorlari “milliarderlar uchun soliq” variantini taklif qilishdi. Unga ko‘ra, sotilgan yoki sotilmaganidan qat’i nazar, aktivlar, shu jumladan aksiyalardan olingan daromadlarga 23,8 foiz soliq solinadi. Soliq aktivlari 1 milliard dollardan ortiq yoki yillik daromadi 100 million dollardan ortiq bo‘lgan 700 ga yaqin soliq to‘lovchilarga ta’sir qiladi. Buni o‘z navbatida, AQSHning sobiq Prezidenti va milliarder Ilon Mask tanqid qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing