Mask Twitter'ning 1,5 milliard nofaol foydalanuvchisini o‘chirib tashlamoqchi
Texnologiya
−
09 dekabr 2022
3201Twitter ijtimoiy tarmog‘ining bir yarim milliard nofaol akkauntlari o‘chirib tashlanadi. Bu haqda bugun, 9 dekabr kuni kompaniya egasi Ilon Mask ma’lum qildi.
“Twitter tez orada 1,5 milliard akkaunt nomi maydonini bo‘shata boshlaydi. Shubhasiz, tvit yozilmagan va yillar davomida tizimga kirmagan akkauntlar o‘chirib tashlanadi” deb yozgan Mask Facebook’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask joriy yilning 27 oktyabrida Twitter bilan 44 milliard dollarlik kelishuvni yopdi. Shundan so‘ng tadbirkor ijtimoiy tarmoqdagi spam-akkauntlarga qarshi kurashni e’lon qildi. U sahifalarni blokirovka qilish bo‘yicha siyosatni o‘zgartirdi. Buning ortidan Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Trampning va boshqa bir nechta foydalanuvchining Twitter'dagi hisobi qayta tiklandi.
LiveBarchasi