Mask Twitter buyumlarini auksionga qo‘ymoqchi
Texnologiya
−
10 avgust 2023
3635Multimilliarder Ilon Mask kompaniyaning X rebrendingidan bir necha hafta o‘tgach, Twitter’ning sobiq ramziy belgilari va boshqa narsalarni kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Taklif etilayotgan 584 ta lot orasida kofe stollari, kattaroq qush qafaslari bor. Shuningdek, o‘nlab stol va stullar, DJ kabinasi va guruhni jihozlash uchun yetarli musiqa asboblari mavjud. Gitaradan tortib, baraban to‘plamlari va ovoz kuchaytirgichlargacha ega bo‘lgan musiqiy uskunalar, shuningdek, kontroller, mikserlar ham shular jumlasidan.
Twitter`da juda mashhur bo‘lib ketgan fotosuratlarning ikkita rasmi ham kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Birinchisi, Ellen Degeneresning 2014 yilgi Akademiya mukofotlarida olingan mashhur selfisi. Ikkinchisi, o‘sha paytdagi AQSH Prezidenti Barak Obama 2012 yil noyabr oyida qayta saylanganidan so‘ng Twitter`ga joylagan surati. O‘sha paytda ushbu surat platformaning eng ko‘p “like” yiqqan tvitiga aylangan.
Kimoshdi savdosining eng katta loti mashhur qush logotipining haykalidir. U uchun savdodagi eng katta boshlang‘ich summa – 100 ming AQSH dollari etib belgilangan.
Auksion uyi – “ Heritage Global Partners” ma’lumotlariga ko‘ra, har bir lot uchun boshlang‘ich summa 25 dollar.
Savdolar 12 sentyabrda boshlanadi va ikki kundan davom etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Twitter egasi Ilon Mask platformaning nomini X'ga o‘zgartirdi. 24 iyuldan boshlab Twitter foydalanuvchilari ekranlarida kompaniyaning ramzi bo‘lgan qushcha o‘rniga X belgisi ko‘rinish berishni boshladi.