Mask – Sukerberg jangi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Bu qiziq

image

UFC prezidenti Dana Uayt taniqli biznesmenlar Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘rtasidagi jangni tashkil etishga shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lmoqchi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, promoushen prezidenti har ikki ishbilarmon bilan kunora gaplashib turadi.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv UFC shafeligida o‘tkazilmaydi. Tomonlar jangdan tushgan barcha mablag‘ni xayriya ishlariga yo‘naltirishga ham kelishib olgan.

Ta’kidlash joiz, bir qator UFC jangchilari Ilon Mask va Mark Sukerbergni mashq qilishida yordam berish istagini bildirgan. Rossiyalik jangchi Habib Nurmuhammedov esa  Mask – Sukerberg to‘qnashuvini Dog‘istonda o‘tkazish taklifini berdi.

Eslatib o‘tamiz, Sukerberg va Mask 20 iyun kuni Twitter'da janjal qilib, AQSHning Las-Vegas shahrida oktagonda jang qilishga kelishib olgandi. Biroz vaqt o‘tgach, Dana Uayt har ikki biznesmenning niyati jiddiy ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Mark Tsukerberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing