Mask narkotik moddalarga qaramligi haqidagi gaplarga javob berdi
Olam
−
17 iyun 6052 1 daqiqa
Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘zining narkotik moddalarga qaramligi haqidagi mish-mishlarga javob berib, organizmi bilan bog‘liq tahlil natijalarini e’lon qildi va xabarlar yolg‘onligiga ishora qildi. Bu haqda u X’dagi sahifasida post qoldirdi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, uning organizmida narkotik moddalar aniqlanmagan, ba’zi moddalar esa ruxsat etilgan me’yorda bo‘lgan.
Post tagiga u qisqacha shunday yozgan: “LOL” (ingliz tilidagi “laughing out loud” – “baland ovozda kulmoqdaman” iborasining qisqartmasi).
Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta avval “The New York Times” nashri AQSH Prezidenti Trampning saylovoldi kampaniyasi doirasida Ilon Maskning shaxsiy hayoti va narkotik moddalardan foydalanishi haqida katta maqola e’lon qilgan edi.
Maqolada Tramp “orbitasiga” kirib borgani sari Maskning shaxsiy hayoti tobora notinch bo‘la boshlagani, narkotik iste’moli esa avval taxmin qilingandan ancha kuchliroq bo‘lib chiqqani yozilgan. Nashr manbalariga tayanib, Mask iste’mol qilgan konkret narkotik moddalar nomlarini ham keltirgan.