Mask Isroil bo‘yicha ayblovni rad etdi

Texnologiya

image

Yevropa Komissiyasining komissari Terri Breton X ijtimoiy tarmog‘ini Isroil-Falastin mojarosi haqidagi “noqonuniy kontent va dezinformatsiya” tarqatganlikda ayblab xat yubordi. Platforma egasi Ilon Mask esa ushbu xatga javob qaytardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa komissari Breton o‘z maktubida Maskdan 24 soat ichida javob berishni va ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishini bildirgan.

Tadbirkor esa o‘zining rasmiy sahifasida ushbu ayblovga javob qaytardi. Maskning aytishicha, ijtimoiy tarmoq yuritayotgan siyosat ochiq va shaffof. Shuningdek, u Bretondan jamoatchilik ko‘rishi uchun X tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklarni sanab berishini so‘radi. Ushbu iltimosdan so‘ng, Mask fransuz tilida: “Katta rahmat” deb yozgan.

Eslatib o‘tamiz, X ijtimoiy tarmog‘i Isroil-Falastin mojarosining keskinlashuvi fonida Falastinning HAMAS harakati bilan bog‘liq ko‘plab yangi akkauntlarni o‘chirib tashlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Ilon Mask X Evropa Komissiya xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing