Mask Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi
Olam
−
25 avgust
211022030 yilga kelib odamlar memlarga layk bossa ham hibsga olinadi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask Telegram asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirar ekan, bu holatni “ahmoqgarchilik” ekanligini bildirgan.
“Yevropada 2030 yil va siz memlarga layk bossangiz ham hibsga olinasiz”, degan Mask.
Durovning hibsga olinishiga sabab uning xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilmagani bo‘lgan. Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, Durov bu qilmishi uchun giyohvand moddalar savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarda sherik sifatida ko‘riladi. Durov Ozarbayjondan uchib kelgan. U dastlabki tergov asosida OFMI (Sud politsiyasi milliy idorasi) tomonidan Fransiyada qidiruvga berilgan.
Pavel Durovga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yilgan. Bu ayblovlar bilan Durov Fransiyada 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga kelgan mamlakatga safari haqida yozgandi.