Mask ba’zi davlatlarning yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qildi
Olam
−
17 dekabr 2023
41269Amerikalik biznesmen va milliarder Ilon Mask demografik muammolar xalqlarning, hatto butun insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Rimda Bosh vazir Jorjia Melonining “Italiya birodarlar” partiyasi tadbirida so‘z ochdi.
“Biz farzandli bo‘lishimiz kerak, aks holda Italiya, Yaponiya va Fransiya madaniyati yo‘qolib ketadi. Biz bu mamlakatlar yo‘q bo‘lib ketishi ortidan, insoniyatni xavf ostiga qo‘yamiz”, deydi Mask.
Bundan tashqari, tadbirkorning fikricha, garchi bu muammoni hal qilolmasa ham, dunyo noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash olib borishi va qonuniy migratsiyani tashkil etishi kerak.
Shuningdek, Ilon Mask yana bir xavf – Amerikaning "uyg‘ongan ong virusi", ya’ni irqiy, gender va ijtimoiy masalalarga e’tiborning kuchayishidan ogohlantirgan.
"Psixologik fuqarolar urushiga olib keladigan “Amerika uyg‘ongan ongning virusi”ni Yevropaga olib kelmang. Bunda hech qanday xayr yo‘q. Aksincha, bu faqat odamlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Mask Texasning Ostin shahrida universitet ochmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.