Mask 4 kun ichida 50 mlrd dollarga boyidi 

Biznes

image

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi, tadbirkor Ilon Mask 4 kun ichida boyligini 50 milliard dollarga oshirdi. Bugun, 29 oktyabr kuni e’lon qilingan “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Qayd etilishicha, 25 oktyabrda Maskning boyligi 252 milliardga baholangan bo‘lsa, 29 oktyabrga kelib, uning moliyaviy holati 302 milliarddan oshgan, bu esa mutlaq jahon rekordidir.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning 2020 yilgi yalpi ichki mahsuloti 57,6 milliard dollarni tashkil qilgan

Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskka tegishli Tesla kompaniyasining katta miqdorda buyurtma olishi ortidan kompaniyaning narxi 1 trillion AQSH dollaridan oshdi. Bu esa amerikalik tadbirkorning boyligiga ta’sir qilmay qolmadi. Ayni vaqtda Mask dunyoning eng boy odamlar reytingida katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing