Mask 12-marta ota bo‘ldi – “Bloomberg”

Bu qiziq

image

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Tesla va SpaceX asoschisi, X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask 12-marta farzandli bo‘ldi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mask 2024 yil boshida yana bir bor ota bo‘lgan. “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, manbalar bola haqidagi boshqa tafsilotlarni, jumladan uning jinsini oshkor qilmagan. Bolaning onasi milliarderning hozirgi rafiqasi Shivon Zilis bo‘lib, u Maskka tegishli Neuralink kompaniyasining direktori hisoblanadi. Hozirda umumiy hisobda ularning uch nafar farzandi bor. Bundan tashqari, Maskning sobiq xotinlari kanadalik pop yulduzi Grimsdan uch nafar va Jastin Uilsondan esa olti nafar farzandi bor.

Shuningdek, 52 yoshli Mask X ijtimoiy tarmog‘iga joylagan postlarining birida pronatalist ekanini aytib, uzoq vaqtdan beri aholining kamayib borayotganini  da’vo qilgan.

“Aholining kamayish inqiroziga yordam berish uchun qo‘limdan kelganini qilyapman”, deb yozgan u ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Elon Musk Junior niki bilan ro‘yxatdan o‘tgan Keniyada yashovchi X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi amerikalik milliarder Ilon Maskning o‘g‘li ekanini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made