Mashinaga egalik uchun yig‘im kim tomonidan joriy etiladi?

Jamiyat

image

2020 yildan avtomobil egalari uchun qator yig‘im va to‘lovlar joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari: 

•  avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘imni;

•  yo‘l harakatini tartibga solish, mavjud yo‘l-transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari mas’uliyatini oshirish maqsadida avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni belgilashga haqli; 

•  tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etishga haqli. 

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 2020 yil 1 martga qadar va 2021 yildan boshlab Davlat byudjetini tayyorlash va tasdiqlash bilan bog‘liq muddatlarda muayyan ma’muriy-hududiy aholisi daromadlari darajasini hisobga olgan holda maxsus yig‘im miqdorlarini keng jamoatchilik muhokamasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi. 

Belgilanishicha, hududiy maqsadli jamg‘armalarga maxsus yig‘im va avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan tushadigan mablag‘lar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mintaqaviy yo‘llarni qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha qo‘shimcha manzilli dasturlar shakllantiriladi va belgilangan tartibda sarflanadi.

Tuman (shahar) hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda har yili 1 martga qadar muayyan ma’muriy-hududiy aholisi daromadlari darajasini hisobga olgan holda transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im miqdorlarini keng jamoatchilik muhokamasi asosida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga kiritadi va avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘imlari tuman (shahar) xalq deputatlari kengashlari tomonidan ma’qullangandan so‘ng, tasdiqlanadi. 

Belgilanishicha, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘imlar bo‘yicha mablag‘lar tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi va ushbu mablag‘lar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlash ishlariga sarflanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Mashina

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing