Mashinada qulflanib qolgan bola issiqdan vafot etdi

Olam

image

Italiyaning Sardiniya orolida 4 yoshli bola issiqda mashina ichida qolib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Rupor” xabar berdi.

Hodisa 6 avgust kuni orolning shimoli-g‘arbida joylashgan Olmedo kurort qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ruminiyalik 4 yoshli bola Olmedo qishlog‘iga ota-onasi bilan borgan. Bola ota-onasi dam olayotgan paytda uydan chiqib ketgan va onasi uni havo harorati 50 darajadan oshgan avtomobil ichidan topgan. 

Dastlab bola Sassari shahridagi Santissima Annunziata shifoxonasiga yetkazilgan, so‘ngra Rimdagi Gemelli shifoxonasiga ko‘chirilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u 11 avgust kuni vafot etgan. Italiyaning tegishli organlari voqea yuzasidan barcha holatlarni aniqlash uchun tergov boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Yevropaning 12 shahridagi jazirama to‘lqinlar 2300 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Mashina Sassari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing