Mashg‘ulot vaqtida Terri hammamizni o‘ldirmoqchi bo‘lgandi – Eshli Koul

Sport

image

“Chelsi”ning sobiq futbolchilari – Eshli va Jo Koul mashg‘ulot vaqtida jamoaning sobiq sardori Jon Terri bilan bog‘liq voqeani esladi.

“Jo fint ishlatib, Terrini aldab o‘tdi. Sardorimiz esa uni yelkasi bilan itarib yubordi va uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Men kulib yubordim. Jon meni ham o‘ldirmoqchi bo‘ldi. So‘ngra murabbiyimiz kuldi. Terri esa atrofdagilarning hammasini o‘ldirmoqchi bo‘ldi”, deydi Eshli Koul.

Jo Koul ham ushbu vaziyatga izoh berdi:

“Qanday qilib uni aldab o‘ta olardim? Ehtimol, bu faqat bir marta sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, Terriga sport zaliga borishni taklif qildim. Men uni tushunaman, u shunchaki g‘azablangandi. Jon barchaning hurmatiga sazovor futbolchi”.

Eslatib o‘tamiz, Jo va Eshli Koul “aristokratlar” safida chap qanot himoyasi va hujumida birgalikda harakat qilgan. Biroq, 2010 yilda Jo “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan.

Jon Terri esa “Chelsi” safida 5 marta APL va Angliya kubogi, Chempionlar ligasi (2012) va Yevropa ligasi (2013) g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 2018 yil oktyabr oyida Terri futbolchilik faoliyati yakunlanganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL EChL Eshli Koul Jon Terri Jo Koul

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing