Mashg‘ulot vaqtida MMA'chining yuragi xuruj qilib qoldi

Sport

image

Dunyodagi ikkinchi raqamli MMA promousheni hisoblangan Bellator tashkiloti a’zosi Kris Lensioni mashg‘ulot vaqtida yuz bergan yurak huruji bilan shifoxonaga yotqizildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning hayoti saqlab qolingan, ammo uzoq vaqt davomida kasallikning asoratlari saqlanib qolishi, sportdagi faoliyatiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin.

Mazkur holat joriy yilning 8 iyun sanasida yuz bergan. Bugun, 29 iyun kuni MMA'chi o‘ziga kelgani, biroq ahvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda.

“U o‘ziga keldi, biroq hech narsa avvalgidek emas. U sportdan ketishi mumkin, buni vaqt ko‘rsatadi. Tiklanish uchun yillar kerak bo‘ladi. Tushunishingizni istardim, u 20 kun xushsiz yotdi. Hozir hammasi yaxshi, harqalay umid bor”, deydi sportchining xotini Mark.

11 avgust kuni Kris navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak edi, ammo uning o‘rniga sportchi hayotidagi eng og‘ir jangni boshdan kechirdi.

“Kutib turing, jangchi qaytadi”, deydi Kris Lensioni.

Ma’lumot uchun, Kris MMA'da 11 ta jang o‘tkazgan. Ularning 8 tasida raqiblaridan ustun kelgan bo‘lsa, 3 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MMA Bellator Kris Lensioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing